«davron hidoyatov» tegli maqolalar


Davron Xidoyatov va Aleksandr Saxapov “O‘zavtosanoat” rahbari o‘rinbosarlari bo‘ldi
20 mart 2024, 12:33

Davron Xidoyatov va Aleksandr Saxapov “O‘zavtosanoat” rahbari o‘rinbosarlari bo‘ldi

Davron Xidoyatov “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Aleksandr Saxapov esa sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Xidoyatov o‘tgan hafta 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketgandi.

Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketadi
14 mart 2024, 00:41

Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketadi

Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan unga chopon va faxriy yorliq topshirdi.

Chirchiq shahri hokimi vazifasini bajarish vaqtincha o‘rinbosariga yuklatildi
26 fevral 2023, 10:12

Chirchiq shahri hokimi vazifasini bajarish vaqtincha o‘rinbosariga yuklatildi

24 fevraldan Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatovning vazifasini bajarish vaqtincha hokim o‘rinbosari Jur’atbek Raxmonov zimmasiga yuklatildi. Bunga hokimning sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi
15 dekabr 2021, 13:22

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va yangi zamonaviy kutubxona qurilishi to‘g‘risidagi farmoyish bekor qilinmagani, aksincha, kreditor qarzdorlikni yopish maqsadida kechiktirilgani ma’lum qilindi. Biroq, viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan farmoyishda sobiq hokimning qarorini bekor qilish haqida so‘z borgan edi.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi
13 dekabr 2021, 09:48

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 16:56

Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi

Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
18 noyabr 2021, 16:42

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

«IKEA mebel fabrikasi loyihasi taklif sifatida aytilgan» — Davron Hidoyatov
16 sentabr 2021, 18:17

«IKEA mebel fabrikasi loyihasi taklif sifatida aytilgan» — Davron Hidoyatov

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov prezidentga taqdim etilgan, biroq IKEA tomonidan rad etilgan mebel fabrikasi qurilishi loyihasi tadbirkorlar tomonidan taklif sifatida aytilganini ma’lum qildi. IKEA kompaniyasining Turkiyadagi vakolatxonasi bilan muzokaralar olib borilgan va tomonlar dastlabki kelishuvga erishgani bois taqdimotga kiritilgan.

Toshkent viloyati hokimi Senat a’zosi etib saylandi. Nega hokimlar senator etib saylanadi?
24 avgust 2021, 15:16

Toshkent viloyati hokimi Senat a’zosi etib saylandi. Nega hokimlar senator etib saylanadi?

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi. Avvalroq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nima uchun hokimlar Senat a’zosi etib saylanishi mumkinligini tushuntirgan edi.

«Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q» — prezident
19 mart 2021, 12:18

«Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q» — prezident

Prezident raisligida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda davlat rahbari viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. «Rustam Xolmatov o‘zi ariza yozdi, hech kim unga ket degani yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, prezident hozirga qadar hech kim shahar yoki tuman hokimi o‘zi ariza yozmaganini qayd etdi.

Davron Hidoyatov — Toshkent viloyatida aniqlangan muammolar va vazifalar xaqida
16 fevral 2021, 16:13

Davron Hidoyatov — Toshkent viloyatida aniqlangan muammolar va vazifalar xaqida

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov bir hafta ichida viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari elektron hujjat aylanish tizimiga to‘liq o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ikki yil ichida viloyatda bog‘cha yoshidagi bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 100 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Hokimlikdagi yig‘ilish davomida Davron Hidoyatov viloyatdagi muammolar va ularni yechish bo‘yicha vazifalarga batafsil to‘xtaldi.

Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi
30 yanvar 2021, 13:45

Toshkent viloyati hokimi ishdan olindi

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov prezident farmoni bilan ishdan olindi. Uning o‘rniga Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Oldinroq prezident bitta hokim va vazir ishdan olinishini e’lon qilgandi. «Sadoqatli odam, lekin ishni bajara olmayapti. Aravani tortmayapti», — degandi prezident ishdan ketadigan hokim haqida gapirib.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting